Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQShning Webster universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda

  6-fevral kuni AQShning Webster universiteti professorlari Daniyel Myuller va Duglas Uitmanlardan iborat delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oʻtkazilgan muzokaralarda SamDTU rektori Jasur Rizayev, universitetning xalqaro aloqalar prorektori Zafar Aminov, oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Nargiza Yarmuxamedovalar qatnashdi.

  Muzokaralarda tomonlar universitetda oʻquv, ilmiy va innovatsion jarayonlarni tashkil etilishi, taʼlim sifatini oshirish boʻyicha fikrlar almashdilar. Xususan, Universitetlarning oʻzaro hamkorlik jarayonlari, qoʻshma tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan “Oliy hamshiralik ”, “Sogʻliqni saqlashda menejment”, “Sogʻliqni saqlashning iqtisodiy yoʻnalishi” mutaxassisliklarini bugungi kun tibbiyotidagi oʻrni alohida taʼkidlandi.

  Uchrashuv soʻnggida universitet rektori Jasur Rizayev amerikalik mehmonlarga oliygoh ramzi aks etgan sovgʻalar taqdim qildi.

  Mehmonlar universitetining yangi binosidagi zamonaviy eng soʻngi rusumdagi tibbiyot jihozlar bilan taʼminlangan oʻquv laboratoriyalar, amaliyot xonalari, axborot resurs markazi va universitet tarixini aks ettiruvchi muzeyi bilan tanishib, oliygoh faoliyatini yuqori baholadilar.



SamDTU matubot xizmati