Aynan shu mavzuda 30 yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda universitet rektorati vakillari, “Komplayens nazorat” boʻlimi xodimlari, Samarqand shahar prokurori yordamchisi J.Sharopov, Samarqand viloyat IIB tashkiliy boshqarma boshligʻining oʻrinbosari M.Kattaqulov, “Korrupsiyasiz kelajak” NNT vakillari, profilaktika inspektori O.Eshmurodov hamda universitet talabalari ishtirok etdilar.
Yigʻilishni Universitet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori E.Tangirov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Chiqish qilgan Samarqand shahar prokurori yordamchisi J.Sharapov, “Korrupsiyasiz kelajak” NNT xodimi R.Mirzaalimov va boshqalar “Korrupsiya oʻzi nima?”, “Korrupsiyani qanday qilib oldini olish mumkin?” kabi savollar yuzasidan talabalarga batafsil maʼlumot berdilar. Yigʻilishda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi, hozirgi kunda uchrayotgan korrupsion holatlarning oqibatlari maʼruzalarda alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv jonli muloqot sifatida boʻlib oʻtdi, ishtirokchilar barcha berilgan savollariga javoblar olishdi.
SamDTU matbuot xizmati