Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Universitet rektori xorijlik talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi

  27 – 28 dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti Katta majlislar zalida Xalqaro taʼlim fakultetida tahsil oladigan xorijlik talabalar bilan rektor Jasur Rizayevning ochiq muloqoti oʻtkazildi. Uchrashuvda xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Zafar Aminov, xalqaro taʼlim fakulteti dekanati xodimlari, xorijlik taʼlim kampaniyalarini vakillari va 1-3 kurs talabalari ishtirok etdilar.

  SamDTU rektori prof.J.A.Rizaev talabalarga murojaatida xorijlik talabalarga yaratilayotgan taʼlim olishlari, yashashi va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, shu jumladan universitet axborot-resurs markazini kutubxonasini muntazam ravishda ingliz tilidagi adabiyotlari bilan boyitish jarayoni, oʻquv jarayoniga xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish, mahalliy professor-oʻqituvchilarini ingliz tili boʻyicha bilimlarini oshirish, talabalar turar joyida boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida batafsil gapirib berdi. Shuningdek, xorijiy talablarni malakali shifokorlar sifatida shakllanishlari uchun amaliyot zarurligi, mahalliy aholi bilan boʻlib oʻtadigan tibbiy koʻriklarda qiyinchilikda duch kelmasliklari maqsadida oʻzbek tilini oʻrganish boʻyicha amaliy kurslarni tashkil etish lozimligi, mamlakatimiz qonunlariga rioya etish zarurligi haqida taʼkidlandi.

  Uchrashuv samimiy muloqot tarzida olib borildi. Chiqish qilgan talabalar oʻz soʻzlarida Universitet maʼmuriyatiga imkoniyatlar uchun oʻz minnatdorchiliklarni bildirdilar. Barcha qilingan takliflar boʻyicha rektor tomonidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

  Ishtirokchilar barcha qiziqtirgan savollariga batafsil javoblarni oldilar.




SamDTU matbuot xizmati