Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Odam savdosining oldini olish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida talabalar uchun seminar oʻtkazildi. Tadbirda IIB, NNT vakillari, farmatsiya va tibbiy profilaktika fakultetlarini dekanat xodimlari va talabalari ishtirok etdilar.

  Seminarni SamDTU xotin-kizlarni maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdieva ochib berdi va bugungi kunda odam savdosi masalalari dunyodagi global masalalardan ekanligini, bu illatdan koʻplab insonlar, ayniqsa xotin-qizlar, jabr tortayotgani taʼkidlab oʻtdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Samarqand viloyat IIB odam savdosiga qarshi kurash boʻlimi mutaxassisi T.N.Elboev, “Istiqbolli avlod” Nodavlat notijorat tashkiloti huquqshunosi F.Y.Muxammadiev, SamDTU rektor maslahatchisi E.A.Aripov, profilaktika inspektori O.X.Eshmuradovlar odam savdosiga qarshi kurashish borasida qabul qilingan xalqaro va milliy qonunchilikni mazmun-mohiyati, odam savdosi va majburiy mehnat qurbonlariga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar haqida batafsil tushunchalarni berib barchani sergak boʻlishga chaqirib oʻtdilar.

  Seminar bahs-munozaralarga boy boʻlib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga toʻliq javoblar oldilar.




SamDTU matbuot xizmati