Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitetda “Rektor Kubogi” sport musobaqalari oʻtkazildi

  24 noyabr-11 dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti talaba-yoshlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida, universitet sport klubi tashabbusi bilan “Sogʻlom turmush — buyuk kelajak” shiori ostida “Rektor Kubogi” sport musobaqalari oʻtkazildi.

  Sport oʻyinlari shaxmat, shashka va armrestling boʻyicha oʻtkazildi. SamDTU fakultetlaridan jami 800 nafarga yaqin talaba yoshlar gʻoliblik uchun shaxs olib bordilar.

  Musobaqa natijalariga koʻra “1-oʻrin” — stomatologiya fakulteti, “2-oʻrin” — 1-son davolash fakulteti, “3-oʻrin” — pediatriya fakulteti talabalariga nasib etdi. Gʻolib va sovrindorlarga Universitet rektori tomonidan estalik sovgʻalar va Kubok topshirildi. Bundan tashqari shaxmat va shashka boʻyicha gʻolib boʻlgan talabalar 14-17- dekabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida ishtirok etish jalb qilindilar.

SamDTU matbuot xizmati