26 noyabr kuni viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universitetida bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish maqsadida mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Mehnat yarmarkasida 43 ta tibbiyot muassasasi, shu jumladan tumanlar va shaharlar tibbiyot birlashmalari hamda viloyat davolash-profilaktika muassasalari jami olti yuzdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdilar.
Universitet bitiruvchilari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda SamDTU oʻquv ishlari prorektori N.A.Yarmuxamedova, viloyat bandlik bosh boshqarmasi va sogʻliqni saqlash boshqarmasi rahbariyati davlat tomonidan yosh mutaxassislarni bandligini taʼminlash va ular uchun joylarda yaratilayotgan shart-sharoitlar va imtiyozlar haqida tushuntirishlar berdilar, barcha javoblarga batafsil javoblar qaytardilar.
Oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida tibbiyot muassasalariga ishga joylashishga 40 nafardan ortiq bitiruvchilarga yoʻllanmalar berildi.
SamDTU matbuot xizmati