Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi

  21 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti tomonidan “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz!” mavzusida talabalar va professor-oʻqituvchilar bilan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi.

  Samarqand shahar hokimligi masʼullari, viloyatimizda faoliyat koʻrsatib kelayotgan milliy madaniy markazlar rahbarlari, universitet professor-oʻqituvchilari ishtirok etgan tadbirda doʻstlik, millatlar oʻrtasidagi oʻzaro totuvlik, bagʻrikenglik haqida soʻz borib, bu yurtimizdagi taraqqiyotning eng muhim omili sifatida xizmat qilayotganligi eʼtirof etildi. Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillarini bir oiladek ahil, inoq yashashi hamda ularning anʼanaviy, madaniy merosini qayta tiklash va rivojlantirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi davlatimiz olib borayotgan siyosatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

  Uchrashuvda turli millat va elat vakillari oʻzlarining milliy kiyimlari va urf-odatlarini namoyishi tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.




SamDTU matbuot xizmati