×
Menu
Close Menu

​Universitetda AQShning sogʻliqni saqlash sohasidagi tajribasiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

  9-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida AQShning tibbiy taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimidagi tajribasiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

  Seminarni kirish soʻzi bilan ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha SamDTU prorektori t.f.d.Sh.X.Ziyadullaev ochib berdi. Seminarda AQShning turli klinikalarida 20 yillik tajribaga ega va hozirda Pitsburg universiteti tibbiyot markazida (Northwest, Broward Health Center, Florida, Memorial Health Center, Florida) ishlayotgan PhD Nargiz Roʻzmetova maʼruza qildi. Uning “AQSh va Oʻzbekistonda tibbiy taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimi. Muloqot formatida tajriba almashish” mavzusidagi maʼruzasi ishtirokchilarni katta qiziqishini uygʻotdi.

  Seminar jonli muloqot tarzida oʻtdi va ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etdilar.



SamDTU matbuot xizmati