Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda ultratovush diagnostikasidagi innovatsiyalar boʻyicha xalqaro seminar oʻtkazildi

  5 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti morfologiya binosida “Ultratovush diagnostikasida yangiliklar: Elastografiya” mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, klinik ordinatorlar, klinikalar xodimlari hamda Samarqand shahri UTT shifokorlari ishtirok etdilar.

  Xalqaro anjuman 2-son davolash fakulteti dekani Obid Xamidov, DKTF dekani Jonibek Kadirov, nurli diagnostika va nur terapiyasi kafedrasi mudiri Djaloliddin Mansurovni qutlov soʻzlarida seminar mavzuni dolzarbligi, amaliy sogʻliqni saqlashdagi dolzarbligini taʼkidlab oʻtdilar.

  Seminarda Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “V.I.Kulakov nomidagi akusherlik, ginekologiya va perinatologiya tibbiyot tekshirish milliy markazi (Moskva shahri) akusherlik va ginekologiya kafedrasini professori Aleksand Sencha “Ultratovush diagnostikasida yangiliklar: Elastografiya” mavzusida maʼruza va mahorat darsini oʻtkazdi. Mavzu doirasida koʻplab klinik holatlar va ilmiy yangiliklar keltirganligi barcha ishtirokchilarni katta qiziqishini uygʻotdi.

  Xalqaro seminar interfaol, bahsu-munozaralarga boy tarzda oʻtkazildi.










SamDTU matbuot xizmati