Ibragimov X.I.
Simulyatsion o’qitish kafedrasi mudiri,PhD.
Qabul vaqti: | Dushanba-Shanba: 08:00-17:00 |
Tel: | +998 (97) 777 91 77 |
E-mail: | khasanibragimovuzb@gmail.com |
Manzil: | Samarqand sh., Kaftarxona mahallasi A. Rudakiy ko'chasi 21 uy. |
SamDTU simulyatsion o’qitish kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor-oʼqituvchilar:
Eshbekov Murod Abdimusayevich
Stajyor assistent, PhD, kafedra otaliq ishlari bo’yicha mas’ul
Dars o’tadigan fani: |
Simulyatsion o'qitish fani |
Tel: |
+998 (98) 273 16 30 |
Dars o’tadigan kurslari: |
4-5-6 kurs |
Donaboyev Otabek Jo'liboy o'g'li
Stajyor assistent, o’quv ishlari bo’yicha mas’ul
Dars o’tadigan fani: | Dushanba-Shanba: 08:30-17:00 |
Tel: | +998 (90) 213 44 43 |
Dars o’tadigan kurslari: | 4 - 5 - 6 - kurs |
Raxmonov Sardor Temurkul o'g'li
Stajyor-assistent, talabalar ilmiy jamiyati bo’yicha mas’ul
Dars o’tadigan fani: | Simulyatsion o'qitish fani |
Tel: | +998 (97) 577 03 43 |
Dars o’tadigan kurslari: | 4-5-6 - kurs |
Rustamov Jasur Axtam o’g’li
Stajyor assistent, kafedra ilmiy kotibi
Dars o’tadigan fani: | Simulyatsion o'qitish fani |
Tel: | +998 (90) 503 25 94 |
Dars o’tadigan kurslari: | 4-5-6 - kurs |
Xodixonov Matlubxon Burxon o’g’li
Stajyor assistent, kafedra talabalar ilmiy jamiyati bo’yicha mas’ul
Dars o’tadigan fani: | Simulyatsion o'qitish fani |
Tel: | +998 (99) 224 03 27 |
Dars o’tadigan kurslari: | 4-5-6 - kurs |
Isayeva Nodira Maxamatovna
Stajyor assistent, kafedra ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha mas’ul
Dars o’tadigan fani: | Simulyatsion o'qitish fani |
Tel: | +998 (97) 917 77 01 |
Dars o’tadigan kurslari: | 4-5-6 - kurs |
Mavlonov Alisher Jo’ramurodovich
Stajyor assistent, kafedra ilmiy ishlari bo’yicha mas’ul
Dars o’tadigan fani: | Simulyatsion o'qitish fani |
Tel: | +998 (99) 620 25 83 |
Dars o’tadigan kurslari: | 4-5-6 - kurs |
Simulyatsion o‘qitish kafedrasi tarixi
Simulyatsion o‘qitish kafedrasi 2024-yilda Samarqand davlat tibbiyot universiteti simulyatsion markazi qoshida zamonaviy tibbiy ta’lim talablariga muvofiq tashkil etilgan. Kafedra faoliyati simulyatsion texnologiyalar yordamida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Kafedrada zamonaviy simulyatorlar, mulohazali klinik holatlar, interaktiv mashg‘ulotlar orqali talabalar klinik fikrlash, shoshilinch holatlarda qaror qabul qilish, bemor bilan muloqot qilish kabi muhim ko‘nikmalarni egallaydilar.
Kafedra tashkil etilgandan beri unda malakali va tajribali amaliyotchi mutaxassislar faoliyat olib bormoqda kelmoqda. Kafedra tarkibidagi o‘qituvchilar xalqaro o‘quv kurslarida ishtirok etib, o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar.
Bugungi kunda Simulyatsion o‘qitish kafedrasi O’zbekistonda klinik ta’limning innovatsion usullarini joriy etishda yetakchi markaz hisoblanadi.
Simulyatsion o‘qitish kafedrasining ma’naviy-ma’rifiy ishlari
Simulyatsion o‘qitish kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib borilib, tarixiy sanalar va umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari va marafonlar o‘tkaziladi. Har haftaning payshanba kuni muntazam ravishda “Axborot soati” tashkil etiladi. Unda talabalarga va kafedra xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Hukumat qarorlari, dolzarb yangiliklar haqida ma’lumotlar beriladi va bayonnomalar tuziladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun mas’ul assistent sifatida N.M. Isayeva faoliyat yuritmoqda.
Talabalar bilan Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Navro‘z, 9-may – Xotira va qadrlash kuni kabi muhim sanalar munosabati bilan suhbatlar va bayram tadbirlari tashkil etiladi. Kafedra assistentlari universitetda o‘tkaziladigan umumiy madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadilar.
Kafedrada kuratorlik tizimi joriy etilgan bo‘lib, har bir kurator tasdiqlangan reja asosida o‘z guruhidagi talabalar bilan muntazam ishlaydi. Kuratorlar talabalar bilan tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazadi, ularning ma’naviy kamoloti, sog‘lom turmush tarzi va kasbga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Kafedra xodimlari talabalar turar joyida (TTJ) ham faoliyat olib borib, qiziqarli mavzularda ma’ruzalar, interaktiv uchrashuvlar va mahorat darslarini tashkil etadilar. Talabalar bilan birgalikda sport musobaqalari va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.
Simulyatsion o‘qitish kafedrasining o‘quv va o‘quv-metodik ishlari
Simulyatsion o‘qitish kafedrasida davolash, pediatriya, tibbiy-pedagogika va stomatologiya fakultetlarining 4–6-kurs talabalari amaliy ko‘nikmalarni egallash maqsadida o‘qitilmoqda. Bundan tashqari kafedrada magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar o’qitish hamda malaka oshirish kurslarini ham zamonaviy simulyatsion texnologiyalar asosida olib borish rejalashtirilgan.
Ta’lim jarayoni tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asosida olib boriladi:
- Kvalifikatsion xarakteristika
- Davlat ta’lim standarti
- O‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturlari
- O‘zbekiston Respublikasi SSVning 80-sonli buyrug‘iga muvofiq o‘zgartirishlar
- Xalqaro klinik tavsiyalar va tashxis standartlari
Kafedra xodimlari tomonidan talabalar uchun bosqichma-bosqich o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ish daftarlari ishlab chiqilgan. Ular yordamida talabalar klinik vaziyatlarni yechish, shoshilinch holatlarda qaror qabul qilish, reanimatsion yordam ko‘rsatish kabi ko‘nikmalarni egallaydilar.
Ta’lim jarayonida zamonaviy texnik vositalar keng joriy etilgan: videodarslar, multimediya ilovalar, simulyatsion qurilmalar, virtual trening modullari va interaktiv taqdimotlar maxsus kompyuter tizimi orqali o‘qituvchilar tomonidan qo‘llaniladi. Shuningdek, yagona skanerlangan tasvirlar banki barcha mavzularni qamrab olgan holda foydalanishga tayyor holatda mavjud.
Kafedra kutubxonasida ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi 20 dan ortiq darsliklar va o‘quv adabiyotlari mavjud. Elektron kutubxona darsliklar, o‘quv-atlaslar, metodik qo‘llanmalar va simulyatsion tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Talabalar uchun bemor bilan muomala qilish, amaliy ko‘nikmalarni bajarar ekan, simulyatsion sharoitda jarrohlik, reanimatsiya, kardiologiya, neonatologiya, pediatriya va boshqa klinik mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish imkoniyatlari yaratilgan
Simulyatsion o‘qitish kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari
Simulyatsion o‘qitish kafedrasida ilmiy-tadqiqot ishlari zamonaviy tibbiy pedagogika, amaliy ko‘nikmalarni samarali shakllantirish metodlari, klinik fikrlashni rivojlantirishda simulyatsion yondashuvning o‘rni kabi mavzular atrofida olib borilmoqda. Kafedra faoliyati, shuningdek, tibbiyot oliy ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni, talabalarda kasbiy kompetensiyani shakllantirish, sog‘liqni saqlashda innovatsion yondashuvlar kabi dolzarb yo‘nalishlarni ham qamrab oladi.
Kafedra xodimlari universitet miqyosidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib, xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalarida ma’ruza va tezislar bilan qatnashmoqda. Hozirgi kunda 3 nafar assistent mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda (Raxmonov S.T., Rustamov J.A., Donaboyev O.J.).
Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
- Simulyatsion ta’lim metodikasini takomillashtirish
- Shoshilinch holatlarda qaror qabul qilishni o‘rgatishning asoslari
- Klinik ko‘nikmalarni baholashda OSCE texnologiyalarining samaradorligi
- Talabalar o‘rtasida kasbiy moslashuvning tahlili
- Tibbiy ta’limda interaktiv metodlarning o‘rni
So‘nggi uch yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta o‘quv qo‘llanma, hamda 5 ta amaliy mashg‘ulot dasturlari ishlab chiqilgan. Ilmiy salohiyat 25% ni tashkil etadi.
Simulyatsion o‘qitish kafedrasi zamonaviy tibbiy ta’limda innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilg‘or ilmiy markazlardan biri sifatida faoliyat olib bormoqda.
Ilmiy to‘garak
Simulyatsion o‘qitish kafedrasida faoliyat yuritayotgan talabalar ilmiy jamiyati a’zolari soni 18 nafarni tashkil etadi. Ularning 16 nafari bakalavriat talabasi, 2 nafari klinik ordinatorlar hisoblanadi. 2024–2025 o‘quv yili davomida rejalashtirilgan tarzda 12 marotaba ilmiy-amaliy to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Talabalar kafedraning amaliy simulyatsion darslarida faol ishtirok etib, klinik holatlarni tahlil qilish, shoshilinch tibbiy yondashuvlar va simulyatsion ssenariylar asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar. TIJ a’zolari universitetda bo‘lib o‘tgan “Samarkand 2025” xalqaro olimpiadasi hamda Xalqaro talabalar va yosh olimlar ilmiy anjumanida qatnashib nufuzli o’rinlarni egallab kelishmoqda.
Xalqaro hamkorlik
Simulyatsion o‘qitish kafedrasi Samarqand davlat tibbiyot universitetining xalqaro rivojlanish konsepsiyasi asosida o‘z faoliyatini kengaytirib, xalqaro hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirib bormoqda. Kafedra faoliyati chet ellik talabalar uchun innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish, xorijdagi simulyatsion markazlar bilan tajriba almashish, qo‘shma ilmiy va ta’limiy loyihalarda ishtirok etish orqali keng ko‘lamli hamkorlikka asoslanadi. Hozirda kafedra Yevropa, Osiyo va MDH davlatlaridagi simulyatsion markazlar bilan o‘zaro tajriba va metodik materiallar almashinuvini yo‘lga qo‘ygan. 2025-yilda Turkiya AGIBADEM universitetining mutaxassislari bilan akademik almashinuv doirasida uchrashuvlar va seminarlar o‘tkazildi.