×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  TIJ uchun Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot kafedrasining mas’ul xodimi assistent Ne’matullayev To’xtasin Komiljonovich talabalar bilan faol ish olib bormoqda, har hafta kafedra tomonidan tasdiqlangan reja asosida to’garagi o’tkaziladi.

  Talabalarning ilmiy to’garaklaridagi ishtiroki kafedra ishidagi o’quv jarayonining ajralmas qismi bo’lib, unda 12 dan ortiq talabalar ishlaydi. Ularning tadqiqot ishlari materiallari har yili universitetning yosh olimlari konferentsiyasida e’lon qilinadi va eng yaxshi ishlar universitetlararo ilmiy konferentsiyalarga yuboriladi.

  2021 yil 14-15 dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan o’tkazilgan “SAMARKAND-2020” talabalar o’rtasida o’tkazilgan xalqaro onlayn olimpiadasi bo’lib o’tdi. Olimpiada turli fanlar bo’yicha turli oliy o’quv yurtlari talabalari ishtirok etdilar. Uning yakunlariga ko’ra, "Anesteziologiya va intensive terapiya" fanidan Pediatriya fakulteti talabasi Xonnazarov To’qsonboy II darajali diplomi bilan mukofatlandi. Ilmiy rahbari: assistent Mo’minov A.A.

  20.05.2022 yilda SamDTUda o’tgan «ACHIEVEMENTS OF FUNDAMENTAL, APPLIED MEDICINE AND PHARMECY» 76-xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyaga. Murodxonov Saidnodirxon III darajali diplomi bilan mukofatlandi. Ilmiy rahbari: assistant Yusupov J.T.

  2021 yil 14-15 dekabr kunlari SamDTU Xalqaro «Samarqand 2020» olimpiadasida ishtirok etgan talabalarimiz turli xil darajadagi diplom sohiblari bo’lishdi, jumladan:

  • Davolash fakulteti 511-guruh talabasi Tog’ayev Isomiddin III darajali diplom olib, faxrli sertifikat bilan taqdirlandi.
  • Pediatriya fakulteti 613-guruh talabasi O’rolov Shaxzod – II darajali diplom.
  • Davolash fakulteti 510-guruh talabasi Onarboyev Dilmurod III darajali diplom olib, faxrli sertifikat bilan taqdirlandi.
  •   20.05.2022 yilda SamDTUda o’tgan «Dostijeniya fundamentalnoy, prikladnoy meditsini i farmatsii» 76-xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyaga TIJ a’zolari tomonidan jami 12 ta tezis yuborildi.