×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

    "Odam anatomiyasi" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh morfologlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

    Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

    To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Kuvandikov G’olib Berdirasulovcih, bugungi kunda u stajyor-assistent, shuningdek 25 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

    Kichik kurs sardori: Yolg’ashov Farrux, Davolash fakulteti 3-kurs talabasi, 14 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, SamDTU bo’lib o’tgan "Odam anatomiyasi" fani bo’yicha xalaqaro olimpiada tanlovining 3-darajali diplom sohibi, rektor stipendiyasi sohibi.

    Katta kurs sardori: Saxboz Axmadjonovich Sultonboyev, tibbiy-pedagogika fakulteti 4-bosqich talabasi, 42 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, SamDTU bo’lib o’tgan "Odam anatomiyasi" fani bo’yicha xalaqaro olimpiada tanlovining 1-darajali diplom sohibi, rektor stipendiyasi sohibi. 15 ta diplom, 20 ta sertifikat, 4 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasi, "Rektor stipendiyasi" va "Islom Karimov" stipendiyalari laureati. Odam anatomiyasi kafedrasida 2022-2023 o‘quv yili davomida talabalar “Yosh morfologlar” talabalar ilmiy jamiyatiga a'zo bo‘lib kelayapdi. Talabalar ilmiy jamiyatiga 2022-2023 o‘quv yili davomida 40 talaba a'zo bo‘ldi. Yil davomida kalendar reja bo‘yicha har oy kafedra o‘qituvchilari o‘z shogirdlari bilan muntazam shug‘illanib keladi. Shundan 2022-2023 o‘quv yili davomida  15 ta diplom, 23 ta serfikat, 7 ta talabaga maqola,  24 ta talaba bilan konferentsiyalarda va olimpiadalarda diplom va tezislar  chikarildi.   “FOR  THE  WIN  IN  III  INTERNATIONAL  OLYMPIAD  OF MEDICAL STUDENTS “SAMARKAND-2020” Raximov Shaxriyor,Todjidinova Komilaxon,  Shakarboyeva Oydin,  Raxmonov  Fariz, Umrullayeva  Jasmina,  Mo’minova  Luiza, Ochilova Nigina faxrli o’rinlarni olishdi.Raximov Shaxriyor,Tojinova Kamilaxon,Mamashukurova Malika, Turakulov Otabek,Raxmonov Fariz, Turakulov Elbek, Boltayeva Diyora kabi talabalarimiz munosib ishtirok  etib sertifikatlar oldilar.

    “FROM THE TEACHINGS OF ABU ALI IBN SINA TO THE THIRD RENAISSANCE” Raximov  Fariz 2 o‘rin bilan taqdirlandi. 77-INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE OF MEDICAL STUDENTS AND YOUNG SCIENTISTS konferentsiyada 12 ta talaba  munosib  ishtirok etib 2 ta 2chi o’rin va 1 ta  3chi o’rinlarni va 9 ta xar xil nominatsiyalar bo’yicha diplomlar va tezislar chikardilar. Samarqand  davlat tibbiyot universiteti Anatomiya, Fiziologiya, Patologik fiziologiya, Gistologiya, OXTA va Mikrobiologiya kafedralari tomonidan tashkil etilgan ilmiy musobaqada talabalarimiz ishtirok etib Raxmonov Fariz 1 o‘rinni,Muxiddinova Sabrina 2 o’rinni va Xasanova Dinora 3 va Soliyev Islom 3 o’rinlarni egallab munosib taqdirlandilar. Odam anatomiyasi kafedrasida 2023-2024 o’quv yili “Yosh morfologlar” talabalar ilmiy jamiyatida 40 nafar davolash ishi №1, davolash ishi №2, pediatriya ishi, stomotalogiya, tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya ishi fakul’tetining fa’ol talabalari  aktiv ishtirok etib kelmoqdalar.