×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni tibbiyot sohasidagi va jumladan pediatriya mutaxassisligi boʼyicha mukkamal bilim olishga, yangiliklarni oʼrganishga va oʼz bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va institut ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda3nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (Goyibova N.S., Turaeva D.X., Xolmuradova Z.E.).

  2022 yilda kafedra assitenti Аshurova M.J. “Bolalarda semizlik fonida vitamin D yetishmasligida metabolik va osteopenik oʼzgarishlar shakllanishining xususiyatlari” nomli tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishini himoya qildi.

  So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 8 ta o'quv qo'llanma, 3 ta monografiya, 5 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar.

  Kafedra xodimlari tomonidan uslubiy tavsiyanomalar, oʼquv uslubiy koʼrsatmalar 20 dan ortiq chop qilingan.

  Kafedra xodimlari Respublikamiz yoki xorijda tashkil etilgan ilmiy anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar, malaka oshirish kurslari, akademik mobillik dasturlari, maxorat darslarida aktiv ishtirok etishgan.

  Kafedra xodimlari Sogʼliqni saqlash organlariga yordam koʼrsatish uchun oʼtkazilgan ilmiy amaliy anjumanlar va seminarlarda ham doimiy tarzda ishtirok etishadi.

Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o'quv qo'llanmala

Mualliflar

Chop etilgan qollanmaning nomi

1

Rasulov S.Q.

Bolalarda temir metabolizmi va tanqisligi

2

Rasulov S.Q.

Sogʼlom bola

3

Garifulina L.M.

Bolalar gastroenterologiyasi

4

Garifulina L.M.,

Kudratova G.N.

Xolmuradova Z.E.

Bolalar va usmirlarda biriktiruvchi tukimaning tizimli kasalliklari

5

Garifulina L.M.,

TuraevaD.X.

Bolalar pulmonologiyasi

6

Garifulina L.M., Kudratova G.N., Xolmuradova Z.E., Turaeva D.X.

Bolalar kardiologiyasi 1 va 2 tom

7

Garifulina L.M., Ashurova M.J.,

Goyibova N.S.

Turaeva D.X.

Pediatriya amaliyotida hamshiralik ishi

8

Garifulina L.M.

tahriri ostida

Bolalarda koʼp uchraydigan somatik kasalliklar

Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan monografiyalar

Mualliflar

Chop etilgan monografiyaning nomi

1

Bobomuratov T.А., Rasulov S.K.,

Djuraeva Z.А.,

Sharipova D.J.

Onalik va bolalikni tibbiy-ijtimoiy himoya qilish

Mikronutrient etishmovchiligi: ozuqaviy yordam va oldini olish

2

Garifulina Lilya Maratovna

Yosh bolalarda o'tkir pnevmoniyadagi purin almashinuvining patologiyasi.

3

G.J.Ishkabulova,

G.N.Qudratova, X.R.Xaydarova

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda buyraklarning membranoreparativ funktsiyasi va lipidlar almashinuvi normal, surunkali pielonefritda esa onada.