Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Davolash fakulteti Pediatriya kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul assistent Xolmuradova Z.E. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi. Rejaga muvofiq xaftaning xar payshanba kuni kafedrada “Axborot saotlari” tashkil etilib, talabalar xafta yangiliklari, turli hil islohotlar bilan tanishtirib boriladi. Shuningdek rejaga mos:
- Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
- respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
- talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
- talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
- dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
- talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
- o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;
Kafedrada dotsent-o'qituvchilar talabalar o'rtasida bir qator masalalar yuzasidan ish olib boradi:
Talabalar bilan bir qator mavzularda: «Korrupsiyaga qarshi kurash» «Diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi kurash» «Odob axloq qoidalari» «Giyohvandlikga qarshi kurash», bundan tashqari bir qator bayramlar «Ona tilim jonu dilim» «Navruz» va xok. davra suhbatlari o`tkazadilar.
Mahallalarda, tibbiyot letsiy va kolledjlarida ma`ruzalar qilib, axoli va talabalarni qiziqtirgan mavzularda davra suhbatlari o`tkazadilar.