×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedra professor-o‘qituvchilari kasalliklarni erta aniqlash uchun organizmdagi kimyoviy reaktsiyalarni kuzatish, ba’zi klinik holatlarni aniqlashda noinvaziv boshqarish uchun xar xil usul va qurilmalarni ishlab chiqish, maxalliy xom ashyolardan foydalanib sanoat uchun kerakli maxsulotlar olish, ko‘mir sanoatida briketlash, O‘zbekistonda ko‘p uchraydigan o‘simliklarni shifobaxsh xususiyatlarini o‘rganish kabi bir qancha yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda.

  2020-2021 o’quv yilidakafedra mudiri Xolmurodova D. Q doktorlik dissertasiyasini(DSc)muvaffaqiyatli himoya qildi. 2020 yil institut rektori tomonidan tibbiy kimyo kafedrasi mudiri dosent Xolmurodova D.Q . “ Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqotchisi ” nominasiyasi bo’yicha3- darajali diplom bilan taqdirlandi.

  2021 yil "Oliy taʼlim muassasaning eng yaxshi pedagogi" Respublika tanlovida tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, t.f.d (DSc), dotsent Dilafroʻz Xolmurodova ishtirok etib “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov tomonidan tantanali ravishda faxriy diplom bilan taqdirlandi. 

  Kafedraning barcha xodimlari institut ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 5 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar Kiyamova D.Sh. “Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosidagikompozitsion materiallar ishtirokida ko‘mirbriketlarining samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish”, Mamadoliyev I.I. “Navbahor bentonitidan olingan yuqori selektivli adsorbentlarning adsorbsiontadqiqi”, 

  Raimqulova Ch.A. “Ba'zi klinik ahamiyatga ega bo’lgan biomarkerlarni noinvazivusulda nazorat qilish usullari va qurilmalarini ishlab chiqish” . Qarjavov A.R. “Atsetilenni gidroxlorlash gidratlash texnologiyasi va olinishi “ , Qodirov B.G. “ Zargarlik toshlarini ishlab chiqarishda katta quyosh pechining imkoniyatlarini o‘rganish “, Raxmanova F.E.“Qon plazmasi va shakkilli elementlar orasida vitaminlarning taqsimlanishini ekstraktsion-fotometrik usulda aniqlash “ mavzularida o‘z ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

  2022-yilda Kiyamova Dilfuza Sharifovna (PhD) texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasini oldi. 

  Bundan tashqari 1-Sankt Peterburg davlat meditsina universiteti kimyo kafedrasi bilan xam grant“Fullerene adducts with antioxidant amino acids and peptides for the treatment of ischemic brain damage”loyixalar ustida ish olib borilmoqda. 

  So'nggi 3 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan bir qancha ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan3 ta monografiya, 5 ta EVM, yetakchi respublika va xalqaro, SKOPUS jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar chop etildi.

    2022-2023-o‘quv yilida kafedra mudiri Xolmurodova D.K. OAK tomonidan tasdiqlangan professorlik ilmiy unvonini oldi. Professor Xolmurodova D.K. rahbarligidashu o‘quv yilida 2 ta PhD dissertatsiyasi himoya qilindi.