×
Menu
Close Menu

Fakultet o'quv-uslubiy ishlari

    Fakultetning oʼquv-klinik bazalari: Samarqand viloyat SEOvaJSB, Samarqand shahar SEOvaJSB hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi klinik laboratoriya bo’limlari.

    Fakultetning muhim vazifalari bu- professor - oʼqituvchilar va talabalar bilan doimiy ravishda individual ishlashdir. Bunda, talabalarni ilmiy - izlanuvchanlikga jalb etish, chet tillarini oʼrganishi hamda kompyuter savodxonligini oshirish orqali tibbiyot fanlarini yanada chuqur oʼzlashtirishiga alohida eʼtibor qaratilgan.
    Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti asosiy eʼtibor studentlarning yuqori bilim va amaliy ko’nikmaga faolligini oshirishga qaratilgan. Bu holat oʼquv jarayonida hamda amaliyotda ish faoliyatida alohida o’rin tutadi.

    Kafedralarda Davlat taʼlim standartlari talablariga toʼliq mos holda talabalar bilan ish olib boriladi.

    Fakultetning oʼquv - uslubiy kengashi majlislarida mashgʼulotlar rejasi, dastur va mavzularning kalendar (taqvim) rejasi, oʼquv qoʼllanmalarni nashr etishga tavsiya berish, reyting tizimini yanada takomillashtirish, joriy nazoratlar, mashgʼulotlardagi davomatlar va talabalarning bilimi, kafedralardagi taqvimiy tematik ishlarga taaluqli masalalar muhokama qilinadi.

    Fanlar boʼyicha amaldagi ishchi dasturlar doimiy ravishda yangilanib, takomillashtiriladi va har oʼquv yilida qayta tayyorlanadi.

    Fanlarni oʼqitishda fanlararo integratsiya shaklida oʼquv rejaga muvofiq olib boriladi.

    Informatsion maʼlumotlar bazasidan samarali foydalanish uchun Fakultet kafedralarida yangi informatsion texnologiyalari joriy etilmoqda. Barcha kafedralar eng yangi kompyuterlar bilan jihozlangan va internet tarmogʼiga ulangan hamda multimediya proektorlari bilan jixozlangan.

    Oʼqitishning texnik vositalari doimiy modernizatsiya qilib boriladi: videoteka va elektron biblioteka doimiy ravishda toʼldirilib boriladi;

    Fakultet bitiruvchilari Tibbiy profilaktika ishi mutaxassisligi: tuman, shahar va Respublika SEOvaJSB larida, davlat sanitariya-profilaktika muassasalari, sug‘urta va munisipial tibbiyot muassasalari, tibbiy-sanitariya qismlari, OITSga qarshi kurash markazlar, ilmiy-tekshirish institutlari, o‘rta va oliy tibbiy o‘quv muassasalarida faoliyat olib boradilar.

    Tibbiy biologiya yo‘nalishi: Tibbiyot kollejlarida umumtibbiy fanlar bo‘yicha o‘qituvchi (mikrobiologiya, normal anatomiya, patologik anatomiya, normal fiziologiya, patologik fiziologiya, gistologiya).

    Vrach laborant - sog‘liqni saqlash tizimida, sanatoriyalarda, ayrim tashkilot va vazirliklar tarkibidagi tibbiy sanitariya bo‘limlari, sport - sog‘lomlashtirish komplekslarida, diagnostika markazlarida mutaxassis bo’lib faoliyat olib boradilar.

    Bakalavr diplomidan soʼng mutaxassislik: 7 ta mutaxassilikdagi ordinatura va 7 yoʼnalishdagi magistraturani egallash imkoniyatlari mavjud.

    Shuningdek, Tibbiy biologiya ishi yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarning o‘qitish sifati darajasini yaxshilash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida yuqori kurs talabalari uchun dars jarayoni nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirilgan shaklda Samarqand shahar hududida joylashgan tibbiyot birlashmalari hamda tibbiy markazlarda shartnoma asosida sohaga oid amaliy ko’nikma mashg’ulotlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, “TASNIM MED” tibbiy markazi, “SMART DOCTOR MEDSERVIS” tibbiy markazi va Samarqand viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bilan o’quv laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha shartnomalar tuzilgan.