Kafedrada 3, 4, 6 kurs davolash ishi fakulteti talabalari «Pediatriya» va «Ambulator – poliklinik pediatriya» fani dasturi asosida tahsil olishadi.
O’qitish har bir kurs uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan multimediya yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
Kafedra kutubxonasi:
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 60 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni kuratsiyasi, shifoxonani 1 – qavatida joylashgan diagnostika va fizioterapiya bo’limida bemorlarni tekshirish va tashxis qo’yish va muolaja xonasida bemorlarni muolaja qilinishida qatnashish va ishtirok etish tashkil etilgan.