×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  1-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasining hozirgi kundagi ustuvor vazifalaridan biri kafedraning xalqaro aloqalarini rivojlantirishga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo’naltirgan. Kafedra mudiri t.f.d., dots. Xudoyarova D.R. tomonidan Qozog’istonning Astana tibbiyot universiteti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi bilan hamkorlikda ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu hamkorlik aloqalari orqali akademik mobillik tashkil qilinib, Qozog’istondan PhD, dotsent Smailova L.K. akademik mobillik dasturi doirasida 36 soatlik dars mashgʻuloti, davra suxbatlari, seminar va vebinarlar tashkil etildi.

  Bundan tashqari kafedra xodimlari va magistrlari ham xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish uchun harakat qilmoqda. 2021-2022 o’quv yili davomida akademik mobillik dasturi asosida Shopulotova Z.A. kafedraning magistratura rezidenti, kafedra mudiri Xudoyarova D.R. bilan birgalikda Tojikiston davlat tibbiyot universitetida 18 soatlik dars mashg’ulotlarida qatnashishdi.  Kafedra mudiri Xudoyarova D.R.va kafedra professori Zokirova N.I. tomonidan har yili Rossiya Federatsiyasining nufuzli tibbiyot oliy o’quv yurtlari bilan, shu jumladan t.f.n., kafedra dotsenti Karachenseva Irina Vasilyevna ishtirokida online va offline seminarlar, vebinarlar, davra suxbatlari va maxorat darslari tashkil etilib kelinmoqda.

    Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari akademik almashinuv dasturi asosida chet eldan kelgan oʼqituvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida malaka oshirgan tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish. Kafedra professor-o‘qituvchilarini ilmiy salohiyatini oshirish uchun Respublika va xorijiy jamg‘arma, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamg‘armasi, Erasmus +, GIZ, TIKA, JICA, KOICA, KOFIH va boshqa xalqaro tashkilot va taʼlim fondlari tanlovlarida ishtirokini ta’minlash yuzasidan izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra professor-o'qituvchilari muntazam ravishda xalqaro va mahalliy ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ishtirok etishadi, 200 dan ortiq sertifikatlarga ega.

    I.M. Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumiga muvofiq,kafedra xodimlari – kafedra mudiri t.f.d., dotsent Xudoyarova D.R., assistentlar Tilyavova S.A., Shopulotova Z.A., klinik (oʻquv) bazalar bilan ishlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi Shopulotov Sh.A. hamda 9 nafar talabalar 2023-yil 05-iyundan 10-iyunga qadar akademik mobillik doirasida tajriba almashishdi.

    Tashrif davomida kafedra xodimlari klinik bazalari, oʻquv bazalari, simulyatsion markazi ishi bilan tanishdi. Tajriba almashinish yuzasidan universitetimiz xodimlari tomonidan leksiya va seminar darslari ham oʻtkazildi.