Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  A.A. Kozrev birinchi bo’lib 1932 yili xirurgiya propedevtikasi kafedrasini tashkil qildi, 1933 yilda esa unga gospital xirurgiya kafedrasini tashkillashtirish yuklatildi va kafedra shaxar klinik shifoxonasi ichida tashkil topdi. A.A. Kozыrev kafedrani bir necha oy boshkardi, undan keyindosent S.P. Shilovsev 1934-1939 yillar davomida kafedra mudirligi va klinika rahbarligini olib bordi va 1936 yili «Vitaminnoye pitaniye i zajivleniye kostnыx perelomov» mavzusidan doktorlik dissertasiyasini himoya kildi. Shunday qilib S.P. Shilovsev klinikada birinchilardan bo’lib medisina fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo’ldi. Uning rahbarligida kafedra asisstentlari A.G. Glagolev, A.A. Rush, M.S. Grigoryev, A. Alisov nomzodlik dissertasiyalarini ximoya kilishdi. 40 dan ziyod ilmiy ishlar chop etildi. Klinika xodimlari abdominal urgent xirurgiyasi, travmatologiya va ortopediya, shuningdek onkologiya bilan shug’ullanishgan. Professor S.P. Shilovsev bizning regionda rakga qarshi kurash tashkilotiga asos soldi.

  1939 yilda professor S.P. Shilovsev kafedradan ketganidan keyin uning o’rniga kafedra mudirligi professor G.B. Monashkinga topshirildi. U avval Xarkov medisina instituti gospital xirurgiya kafedrasida professor I.S. Trinkler qo’lida, undan keyin Maxachkala medisina institutida kafedra mudiri bo’lib ishlagan. Professor G.B. Monashkin Samarqanda 1939-1949 yillar ishlagan. «Заболевание мочеточника в клинике и в эксперименте» mavzusidan doktorlik dissertasiyasini ximoya kildi. U klinikaga kuplab urologik operasiyalarni kiritdi. G.B. Monashkinning tashabbusi bilan dala-xarbiy jarroxligi kursi (zav.- dosent F.T. Baydalov) va studentlar ilmiy to’garagi tashkil qilindi. Assistentlar A.X. Xaydarov, V.R. Varlamov, N.I. Grin, L.K. Gusevlarning nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi. 50 dan ortiq ishlar chop etildi.

  G.B. Monashkin o’limidan keyin kafedrani boshqarish dosent F.T. Baydalovga topshirildi.

  Uning raxbarligida klinika qorin bo’shlig’i organlari jarroxligi bilan shug’ullana boshlandi. Keng mikyosda me’da rezeksiyasi, ichaklardagi operasiyalar, ortopedik kasalliklarda tiklovchi operasiyalar (dosent L.A.Terexin) o’tkazildi.

  1951 yil fevraldan professor V.P. Bodulin kafedrani boshqara boshladi, bungacha u umumiy xirurgiya kafedrasini boshqargan. U «Четырехзоналное деление легких в эксперименте и в клинике легочных нагноителных заболеваний» mavzusidan doktorlik dissertasiyasini ximoya qildi, u qorin bo’shlig’i va o’pka kasalliklari xirurgi bo’lgan. U Samarqanda o’pkada qilinadigan operasiyalarga asos soldi. O’pka exinokokkozi, o’pka abssessi, yiringli plevrit va boshqalar bilan bemorlar operasiyalari keng qo’llanila boshlandi. Professor V.P. Bodulin raxbarligida ass. M.A. Yenikeyeva, ass. X.X. Rasulov (1954) lar nomzodlik dissertasiyasini ximoya kilishdi. Ilmiy-pedogogik ish yaxshilandi. Toshkentdan dosent L.M. Obuxova chaqirildi va u yuz-jag’ xirurgiyasi kursini tashkillash topshirildi.

  Professor V.P. Bodulinning Stavropol medisina institutiga o’tishi sababli, 1954 yili kafedrani boshqarish konkurs asosida R.R. Vredena nomidagi Leningrad travmatologiya va ortopediya Institutidan m.f.d. D.M. Zlotnikov keldi. U bu yerda 2 yil ishladi. Bu paytda ass. A.Z. Vaxidov (1955) nomzodlik dissertasiyasini ximoya kildi. Xirurgik praktikada lagoxilus-opyanyayushiye qo’llanila boshlandi.

  Professor D.M. Zlotnikov ketganidan keyin klinikani boshqarish dosent V.F. Medvedkovga (1956) topshirildi, u avval SamMIda umumiy, undan keyin fakultet xirurgiya kafedrasini boshqargan, u kafedraga 1959 yilgacha raxbarlik qilgan, bu vaqt davomida bir kator ilmiy makolalar chop etildi, ilmiy-pedogogik ishlar bajarildi.

  1959 yil Moskvada Vishnevskiy nomidagi xirurgiya institutida akad. P.K. Anoxin raxbarligida A.X. Xaydarov «Некоторые физиологические характеристики гемодинамических сдвигов при эксперименталной коарктасии аорты» mavzusida doktorlik dissertasiyasini ximoya kildi. U 1959 yildan 1971 yilgacha klinika raxbarligini boshqardi. Samarqanda birinchi bo’lib, 1960 yili torakal xirurgiya va 1961 yili kuyish bo’limlari tashkil topdi. Maxsus xirurgik yordami darajasi ko’tarildi. O’pka kasalliklarida, yurak-qon tomir tizimi, qizilo’ngach va jigarda operasiya qilish usullari, termik jaroxatlarda va yuz-jag’ kasalliklarida plastik operasiya usullari tadbiq etildi. Kafedrada ilmiy tekshirish ishlari jadallashtirildi. 1968 yili kafedra ilmiy ishlari to’plami chop etildi. 12 ta nomzodlik dissertasiyasi (B.N. Nazarov, K.N. Balandin, S.A. Mulokandov, X.K. Karabayev, A.Ya. Foygelman, N.Sh. Shokanbayev, A.G. Vorobyevskaya, S.A. Abdullayev va boshqalar) va ikkita doktorlik dissertasiyasi (A.Yu. Svidler 1972 yili va X.X. Rasulov 1973 yili) ximoya etildi.

  1971 yildan 1973 yilgacha kafedra mudirligi vazifasini dosent A.Z. Voxidov bajardi.

  1973 sentyabr oyidan boshlab kafedra mudirligi vazifasiga professor X.X. Rasulov konkurs asosida tayinlandi. Jamoa kuch-g’ayrati bilan davolash ishlari ancha yaxshilandi. 1975 yili reanimasiya bo’limida ekspress laboratoriyasi tashkil etildi. O’pka kasalliklarida, yurak-qon tomir tizimi, qizilo’ngach va jigarda operasiya kilish usullari amaliyotga tadbiq etildi. O’rtaOsiyoda birinchi bo’lib kuyish kasalligida gnotobiologik izolyasiya kilish (X.K. Karabayev), filtrlangan va abakterial xavo bilan ochiq usulda davolash usuli tadbiq etildi (E.X. Gafarov).

  1979 yili doktorlik dissertasiyasi (X.K. Karabayev) va 12 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya etildi. Ikkita doktorlik dissertasiyasi (A.S. Salamov va Dj.A. Axtamov) va bir nechta nomzodlik dissertasiyasi (V.G. Mkrtumyan, Z.J. Kamolov, N.X. Sharapov va boshkalar) tayyorlandi. Markaziy va respublika jurnallarida 250 dan ziyod ilmiy ishlar chop etildi.

  1993 yildan 2008 yilgacha kafedra mudirligi vazifasini professor B.S. Tursunov bajardi. Ilmiy ishlar saloxiyati ancha oshirildi. B.S. Tursunov tomonidan 18 ta monografiya va darsliklar, 550 dan ziyod ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Uning raxbarligida uchta doktorlik (S.A. Allazov, K.X. Maxmudov, A.K. Gabchenko) va 13 ta nomzodlik dissertasiyalari yoqlandi (Z.J. Kamalov, Sh.T. Berdiyerov, K.X. Maxmudov, Sh.S. Shaxanov, V.Ye. Makarin, B.X. Karabayev, M.I. Rustamov, A.S. Pogosov, J.A. Djabriyev, U.X. Aminov, A. Usmonov, Z.N. Aptarov, B.M. Shokirov). 1998 yildan B.S. Tursunov Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi a’zosi etib saylandi.

X.K.Karabayev

  2000 yildan boshlab kafedra 6-7 kurslar xirurgik kasalliklar kafedrasi deb nomlandi. 2009 yildan boshlab kafedra mudirligi vazifasini professor X.K. Karabayev bajardi. U kishi 1980-98 yillar pediatriya fakulteti xirurgiya kafedrasini boshqargan, 1999-2008 yillar davolash fakulteti 6-7 kurslar xirurgik kasalliklari kafedrasi professori bo’lgan. Professor X.K. Karabayev raxbarligida uchta doktorlik (B.S. Tursunov, M.E. Eshmirzayev, E.A. Xakimov) va uchta kandidatlik (G.A. Xaydarov, A.D. Davranov, S.K. Kamalov) dissertasiyalari ximoya qilingan, 9 ta monografiya, 885 ta ilmiy ish chop etilgan. Xozirgi kunda uchta nomzodlik va bitta doktorlik dissertasiyasi tayyorlanayapti.

Ruziboyev S.A

  2010-2017 yillar kafedra mudirligi vazifasini dosent S.A. Ruziboyev bajardi. U kishi 2011 yili «Оптимизация хирургического лечения глубоких ожогов у лис пожилого и старческого возраста с отягощенным преморбидным фоном» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini, va 2019 yilda Toshkent shaxrida “Реабилитационная программа и профилактика осложнений у болных сиррозом печени в отдаленный период после портосистемного шунтирования” mavzusida doktorlik dissertasiyasiyasini himoya qildi. S.A. Ruziboyev 200 ga yaqin ilmiy ishlar chop etgan.


Mustafaqulov I.B

  2017 yil dekabr oyidan boshlab hozirgi kungacha kafedrani dosent I.B. Mustafakulov boshqarib kelmoqda. U kishi 2009 yilda “Пути улучшения резултатов лечения болных с термоингалясионной травмой” mavzusida kandidatlik dissertasiyasini yoqlagan, hozirgi kunda doktorlik dissertasiya ustida ish olib borayapti. I.B. Mustafakulov 300 ga yaqin ilmiy ishlar chop etgan.