×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Samarqand davlat tibbiyot instituti tashkil topgandan keyin 85 yil davomida gospital terapiya kafedrasi pedagoglari jamoasi Samarqand viloyati aholisiga, ayrim sohalarga tayyorgarlik ko'rish, ularni tarbiyalash, ularga tibbiy yordam ko'rsatish, bir qator ilmiy muammolarni ishlab chiqish bo`yicha institutda ko`pgina ishlarni amalga oshirmoqda.

  Gospital terapiya kafedrasi 1933-yilda professor Nikolay Ivanovich Kornetov tashabbusi bilan Respublika klinik shifoxonasi asosida tashkil qilindi va prof. N. I. Kornetov raxbarlik qildi. Kafedra tashkil qilinganda bo`lim 80 o`ringa mo`ljallangan bo`lib, ulardan 20 tasi tropik bo`limga qarashli edi (L.М.Isayev). Prof. N. I. Kornetov raxbarligida kafedra xodimlari O`rta Osiyo iqlim sharoitida xos kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqdilar.

  Kafedra xodimlari assistentlar М. А. Polyuxov, Т.S. Мnaskanov, V. Lebedeva, Е. А. Chivkunova, V. P. Kuznesova, О. I. Novikova, А. N. Garanyan, V.I. Garkusha, aspirantlar N. А.Mirzoyan, Z.B. Abloqulovalar bo`lgan.

  Gospital terapiya kafedrasida prof. N. I. Kornetov raxbarlig qilgan davrda kafedra a`zolari tomonidan qator nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari himoya qilindi. Shu yillar davomida kafedraning klinik bazasi, uni moddiy ta`minoti boyidi, va shu bilan birgalikda ko`pgina yetuk kadrlar ham voyaga yetishdi (U. K. Vaxabova, B. X. Xamzaliyev, B. R. Rustamov, V. I. Garkusha O. A. Lagutina, N. M. Muharlamov va Aralov N.R.). Kafedra bazasida ko'plab assistentlar, dotsentlar, doktorlik dissertatsiyalarini ( Kornetov N. N., Jalolov A. D., Rustamov B. R., Jalalova V. A., Sattarov R. R. va Aralov N. R.) himoya qilishdilar. Kafedraning asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib mintaqaviy patalogiyalar asosiy o`rin tutib kelgan. Kafedra tashkil etilgan kundan boshlab (1933-yil) va hozirgi kunga qadar kafedraning ko'p qirrali faoliyati to`g`risida uzoq gapirish mumkin. Professor N.Kornetov, Prof. A. S. Mnushkin, prof.V.yu. Yoffe, faoliyat ko`rsatib, medisinada katta xissa qo`shishgan. O'sha yillarda Samarqand davlat tibbiyot institutini tashkil etishga, xususan, gospital terapiya kafedrasini shakllantirishga bir qator rus olimlari ( M. P. Konchalovskiy , M. ya.Yarotskiy) larning dunyoqarashi, konsultatsiyasi va ish uslubi SamDTI tashkil etilishida katta yordam ko`rsatishdi.

  Tibbiyot fanlari doktori Aralov Nematilla Ravshanovich 2009 yildan buyon gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasiga rahbarlik qilib kelgan. Tibbiyot fanlari doktori Aralov N. R. 1994 yil "Infektsionga qaram bronxial astmada klinik-immunologik buzilishlar va ularning t-aktivin bilan korreksiysi" mavzusida nomzodlik dessertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uzluksiz ilmiy izlanishlar natijasida 2005 yilda "Tamaki yetishtiruvchilarda o`pkaning surunkali obstruktiv kasalligining shakllanishida immunogenetik mexanizmlar va ularning davolash usullarini mukammalashtirish" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy ishlari Respublikamiz va xorijiy davlatlardagi ilmiy anjuman to`plamlarida yetakchi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Shuningdek Europen Respirator Society (ERS), Yevro-Osiyo respirator jamiyati tomonidan munosib yuqori darajada baholanib, bir nechta davlat grantlariga sazovar boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi kongresslarda, ilmiy-amaliy anjumanlarida, terapevt va immunologlar jamiyati kengashlarida uchrashuvlar tashkil etgan. Tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor Aralov N. R. Sh.Alimov nomidagi ftiziatriya va pulmonologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi D. 087. 50.01 ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash a'zosi va Samarqand viloyati bosh pulmonologi, SamMI ilmiy kengashi, terapevtik tarmoq mammo komissiyasi a'zosi, viloyat hokimligi terapevtlar jamiyati raisi bo`lib faoliyat yuritgan.