×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  SamTI rektorining 2005 yil 19 yanvardagi 30-U buyrug’iga asosan “Biofizika, informatika va axborot texnologiyasi” kafedrasidan “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi ajralib chiqdi va kafedra mudiri etib texnika fanlari doktori, professor T.S.Safarov tayinlandi.

  2015-2021 yillarda kafedrani Malikov M.R. boshqargan. Malikov M.R. 1978 yilda Moskva fizika-muxandislik institutini tugatgan. Aspiranturani Moskva umumiy fizika instituti qoshidagi Fanlar Akademiyasida o’tagan.

  1986 yilda «Когерентная спектроскопия комбинационного рассеяния высокого разрешения контура линии молекулярных газов» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. Hozirgacha uchta nomzodlik dissertasiyalariga opponentlik qilgan va barchasi muvaffaqiyatli himoya qilingan.

  1998 yildan 2005 yilgacha “Biofizika, informatika va axborot texnologiyasi” kafedrasida assistent, katta o’qituvchi, dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimlarida va 2015 yildan to 2021 yilgacha kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.

  Institut tarkibida kafedralar soni qisqarishi munosabati bilan SamTI rektorining2005 yil 18 fevraldagi 73-U sonli buyrug’i asosida kafedralar restruktrizasiya qilinib, “Biofizika, informatika va axborot texnologiyasi” kafedrasi «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasiga kurs qilib qushildi va kafedra«Informatika, informatsion texnologiyalar, biofizika, tibbiy texnika va yangi tibbiy texnologiyalar» kafedrasi deb nomlandi. (Kafedra mudirit.f.d., prof. T.S.Safarov va kurs mudiri f.m.-f.n., dos.N.O. Sodiqov)

  Kafedra mudiri Safarov T.S. 1975 yilda SamDUningmexanika-matematikafakultetini tugatgan. Aspiranturani O’zbekiston respublikasi fanlar akademiyasining «Kibernetika» ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasida o’tagan. Shu ilmiy dargoxda 1975 yildan 1993 yilgacha yosh mutaxassislikdan yetakchi mutaxassisgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tgan.

  1984 yilda «Имитационное моделирование и оптимизация одного класса техническихобъектов» mavzusida nomzodlik va 1991 yilda «Исследование и математическое моделирование многоцелевых сложных адаптируемых технических систем» mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. Xozirgacha turtta nomzodlik dissertasiyalariga (Karimov P., Iskandarov A.S., Nomazov F.Sh. va Urakov Sh.U.) ilmiy rahbarlik va ilmiy maslahatchilik qilgan bo’lib, barchasi muvaffaqiyatli himoya qilingan. 1993 yildan 2005 yilgacha Samarqand Davlat universitetida «Matematik modellashtirish va boshqarish tizimlari» kafedrasida mudir va kafedra professori lavozimlarida ishlagan.

  Institut tarkibida kafedralar soni qisqarishi munosabati bilan SamTI rektorining 2005 yil 18 fevraldagi 73-U sonli buyrug’i bilan «Biologik va tibbiy fizika, tibbiy texnika, yangi tibbiy texnologiyalar kafedrasi» «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasiga kurs qilib kafedra «Biofizika, informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi deb nomlandi. Kafedra mudiri t.f.d., prof. T.S.Safarov va kurs mudiri f.m.-f.n., dots. N.O. Sodiqov. 2015-yil 2-yanvardan kafedra mudiri etib f.-m.f.n Malikov M.R. tayinlandi. Institutda oʼquv jarayonini sifatli olib borish maqsadida SamDTI rektorining 2020 yil 3 iyuldagi 543/АF sonli buyrug’i bilan «Infomatika, informatsion texnologiyalar, biofizika, tibbiy texnika va yangi tibbiy texnologiyalar» kafedrasidan «Informatika, informatsion texnologiyalar» kafedrasi ajralib chiqdi.