Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  O'zbekistonda Klinik farmakologiya kafedrasi birinchi bo'lib 1982 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutida professor K.N. Najimutdinov tomonidan tashkil etilgan. Kafedrada dotsentlar N.G.Babaeva, R.I.Usmonov, P.S.Kats ishladilar. 1990 yilda II ToshMI tashkil etilishi munosabati bilan kafedrani professor R.I.Usmonov, dotsentlar A.V.Yoqubov, E.B.Zueva boshqardilar. 1990 yildan boshlab professor I.R.Mavlyanov I Toshkent davlat tibbiyot instituti klinik farmakologiya kafedrasini boshqargan. Dotsentlar P.S.Kats, Sh.M.Muzrabekov, L.T.Daminova, R.K.Maxkamova uning rahbarligida kafedrada ishladilar.

  2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining tashkil etilishi munosabati bilan ikkala institutning klinik farmakologiya kafedralari professor A.V.Yakubov rahbarligida birlashdi.

  Akad. I.P.Pavlov nomidagi Samarqand tibbiyot institutida Klinik farmakologiya kafedrasi 1985 yilda dotsent, keyinchalik tibbiyot fanlari doktori professor D.N.Ibadova boshchiligida tashkil etilgan.

  2013 yil 1 dekabrdan 2017 yil avgustgacha Ichki kasalliklar, farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasini tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Ziyadullaev Sh.X.

  2017 yil sentyabridan 2020 yil avgustigacha Farmakologiya vaklinik farmakologiya kafedrasini tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Yo'ldoshev S.Z.,

  2020 yil sentyabr oyidan boshlab Abduraxmonov I.R Klinik farmakologiya kafedrasi mudiri bo'ldi.

  Kafedrada "Klinik farmakologiya" fanidan davolash va tibbiyot pedagogikasi 5-kurs talabalari, 6-kurs pediatriya, 4-kurs stomatologiya fakulteti, 2-kurs oliy hamshiralik ishlari, 2-kurs turli ixtisoslik magistrantlari, shuningdek, 1-kurs klinik ordinatura rezidentlariga dars berilmoqda. Klinik farmakologiya kafedrasining asosiy vazifasi zamonaviy klinik va farmakologik bilimga ega bo'lgan, dori moddalarini klinik tadqiqotlari natijalarini talqin qila oladigan, eng samarali va xavfsiz dori-darmonlarni, ularning kombinatsiyasini va dozalash rejimlarini tanlay oladigan va tayinlashga qodir bo`lgan, dalillarga asoslangan tibbiyot ma'lumotlardan foydalana oladigan, qo'shma kasalliklar, fiziologik kasalliklarni hisobga oladigan talabalarni tayyorlashdir.