×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

    1996 yilda SamMI rektorining buyrug'iga binoan Ulug'bek 70 a ko'chasida joylashgan Bolalar jarrohlik markazi bazasida diplomdan keying ta’lim fakultetining klinik-laborator diagnostikasi kursi tashkil etildi. Kurs tashkil etilgach Xalikov Q.M. kurs rahbari etib tayinlandi.

    2014 yilda SamMI rektorining buyrug'iga binoan xuddi shu bazada Klinik va laborator diagnostika diagnostikasi kafedrasi tashkil etildi va Xalikov Q.M. kafedra mudir etib tayinlandi. Shuningdek Klinik va laboratoriya diagnostikasi va DKTF kursida quyidagi assistentlar faoliyat yuritishdi: Xalikov K.M., Yusupova N.A., Kudratova Z.E., Ruzieva M.E., Yulayeva I.A., Rustemova Z.R., Umarova T.A..

    Kafedra xodimlari Koreyada, Germaniyada va Ijevsk shahrida malaka oshirib qaytdilar.

    2017 yilda N.A.Yusupova kafedrani boshqara boshladi. Xuddi shu yili kafedraga yangi assistentlar keldi: Ibragimova N.S., Tog'aeva G.S. 2018 yilda assistent G. Kuvandikov, 2019 yilda assistentlar: Umarova S.S., Nabieva F.S., Berdiyarova Sh.Sh., 2022 yilda assistentlar: Shirinov X.I., Tursunov F.O’.

    2022 yilda oktyabr oyidan F.A. Daminov kafedrani boshqara boshladi.

    Kafedraga davolash, pediatriya, tibbiy-pedagogika, tibbiy biologiya, xalq tabobati fakultetlarining 3-kurs talabalari, II ta'lim yo`nalishi 2-kurs davolash fakulteti, tibbiy biologiya, xalq tabobati fakultetining 4-kurs talabalari kelishadi. Malaka oshirish bo'yicha laboratoriya shifokorlari va mutaxassislik kurslari DKTF kurslariga kelishadi.

    Kafedraxodimibo'lib ishlab va turli sabablarga ko'ra kafedrani tark etgan : dotsent XalikovK.M., ass. Ruzieva M.E., ass. Tog'aeva G.S., ass Umarova S.S., ass Kuvandikov G`.B., Shirinov X.I. ularning har biri kafedranirivojlantirishgahissa qo'shgan.

    2022-yilning 21- oktyabridan kafedra mudirligiga dotsent Daminov Feruz Asadullayevich tayinlandi. 2022 yil 2-noyabrda o`tkazilgan 3-son ilmiy kengash yig`ilishida kafedra nomi “Klinik laborator diagnostika va DKTF klinik laboartor diagnostika kursi bilan” deb nomlanishi tasdiqlandi.