×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Kafedrasimizda talabalarning bo'sh vaqtlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshiriladi. Kafedra faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri talabalar o'rtasida yuksak axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqish, talabalarni universitet madaniy tadbirlariga jalb qilishdir. Ushbu vazifalarni bajarish uchun kafedrasimizda tasdiqlangan rejaga muvofiq ishlar amalga oshiriladi. Haftaning har payshanba kunlari rejaga muvofiq ma’naviyat soatlari muntazam o`tkaziladi. Bundan tashqari har kuni ertalab studentlar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar bilan 5 daqiqa davomida oxirgi yangiliklar, ma'naviy-ma'rifiy sohada suhbat o’tkaziladi. Kafedra xodimlari davolash fakultetning 529-530 guruhlari bilan murabbiylik ishlarni olib bormoqda. Murabbiylik ish rejasi mavjud, shu asosda murabbiylar guruhi bilan turli tadbirlar olib boriladi. Har bir talaba va uning kundalik faoliyati to'g'risida ma'lumotlar bor. Shuningdek, voqealar syujetlarini aks ettiruvchi albom va disklar mavjud.

  Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi, unga ko'ra tarixiy sanalar, milliy bayramlar, sport musobaqalari va boshqalarga bag'ishlangan turli tadbirlar o'tkaziladi.

Urologiya kafedrasi xodimlarining Samarqand shahridagi tarixiy qadamjolarga sayohatlari