×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  "Jamoat salomatligi va sog’likni saqlash menejmenti" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh tashkilotchiilar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish bilan, shuningdek yaqin va xorijiy davlatlarda, Respublikamizning boshqa viloyatlari miqiyosida hamda  Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini onlayn tartibda o'tkazish va oflayn tarzda qatnashish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotda aholi salomatligi bilan bog'liq kasallanish ko'rsatkichlarini tahlil qilish, demografiyani o’rganishdagi ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkishlarni baholash, statistic kattaliklar va hisoblash usullari, klinik epidemiologiya, sog’lom turmush tarzi hamda soglikni saqlashni tashkil etish, boshqarish (menejment va marketing)dagi muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini o’rganadi va olib borishadi.

  Tibbiy bilimlar, jumladan statistika, menejment va jamoat salomatligi borasidagi tashkiliyjarayonlar hamda ijtimoiy sug’urta, tibbiy sug’urta, klinik epidemiologiya, sog’lom turmush tarzi, salomatlik xavf omillari bilan bog’liq turli muammolariga, qiziqqan barchakatta va kishik kursdagi talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar kata o'qituvchi Mamasolieva Shoxista Abdugapparovna, bugungi kunda u 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

  "Jamoat salomatligi va sog’likni saqlash menejmenti" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh tashkilotchiilar" to’garak sardori Ozoda Normuradova, tibbiy-profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya  fakulteti 3-bosqich talabasi,olimpiada qatnashchisi,ilmiy maqola va tezislarning muallifi va hammuallifi, TTA qoshida o’tkazilgan konferentsiyaning 2-darajali diplom sohibi.