×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Mikrobiologiya,virusologiya,immunologiya kafedrasida tashkil qilingan TIJ ga 2023 - 2024 o’quv yilida 93 nafar talaba a’zo qilib olingan bo’lib, ularning barchasi ilmiy izlanishlarda qatnashdi.

  Ilmiy izlanishlarni olib borishda kafedra xodimlarining barchasi talabalarga yaqindan yordam berishdi.

  Yil davomida 19 marta TIJ yig’ilishlari o’tkazildi Bu yig’ilishlarda ilmiy ishlar rejasi muammolari muhokamasi to’plangan dalillar va ilmiy izlanishlar natijasi tahlil etildi. Yozilgan tezislar ularni nashr qilish va anjumanlarda qatnashishi masalalari muhokama qilindi.

  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi va hamdo’stlik davlatlarida tashkil qilinayotgan halqaro olimpiadalarda TIJ a’zolari faol ishtirok etib sovrinli o’rinlarini egallab kelmoqdalar.

  Jumladan SamDTU o’tkazigan xalqaro olimpiadada kafedramiz o’qituvchilari rahbarligida iqtidorli talabalar qatnashdi. Shulardan onlayin qatnashganlardan 2 nafar II o’rin, 3 nafar III o’rin olishdi, 5 nafar o’quvchilar  nominatsiya oldi. Oflayin olimpiadada 1 nafar I o’rin, 4 nafar o’quvchilar nominatsiya oldi.

  Shuningdek, 2024-yil 26-27-aprel kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida birinchi Xalqaro fan olimpiadasi bo`lib o`tdi. Olimpiadada talabalar odam anatomiyasi, akusherlik va ginekologiya, xirurgiya, ortopedik va teropevtik stomatologiya, mikrobiologiya, xalq tabobati, ichki kasallikla, pediatriya, biologik kimyo yo`nalishlari bo`yicha bilimlar sinovdan o`tkazildi. Jumladan, mikrobiologiya T.I.J qatnashchisi Omonova Fayoza faxrli 3-o`rinni egalladi. Bular bilan bir qatorda, mikrobiologiya T.I.J qatnashchisi To`raqulov Elbek ToshTPI tomonidan  tashkil qilingan olimpiadada mikrobilogiya fani bo`yicha faxrli 1-o`rinni egalladi (Rahbar dots. Vohidova A.M).

  O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturga muvofiq ta’lim turlari integratsiyasi jarayonini chuqurlashtirish, ular orasida uzviylik va uzliksizlikni ta’minlash  maqsadida kafedaramiz TIJ a’zolari  K.S. Boltayev, H. SH. Shaykulov,  A. M. Vaxidova,  M. I. Yusupov, A. F Jamalova, Z.T. Muratova, N.I. Mamarasulova, M.F. Boboqandova, G.M. Odilova va G.N. Xudoyarovalar   SamDTU akademik litseyining  12 ta  guruh 312 ta o’quvchilarga va Pastarg’om tibbiyot texnikumi talabalariga  “Mahorat darsi” o’tkazib berishdi.

  Ochiq muloqotda kafedramizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot, pedagogik ishlar  TIJ faoliyati haqida suhbat o’tkazildi.

  TIJ a’zolari tomonidan SamDTU iqtidorli talabalar va magistrlarining 78- ilmiy anjumaniga ilmiy maqolalar, ilmiy ma’ruzalar qilishdi. Tugarakdagi talabalar uz ustozlari bilan xalqaro miqiyosida o’nta maqola, respublika miqiyosida 41 ta maqola va 15 ta tezis jami 66 ta ilmiy ish nashr qildirdilar.  O’qituvchilar rahbarligida bir necha talabalar o’z ilmiy ishlarini ilmiy anjumanlarda qatnashib nashr qildirishlarini davom etirmoqdalar.