Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

    Kafedra faoliyat yuritgan kafedra xodimlari tomonidan  yillar davomida ko’plab ilmiy  ishlar chop etilgan.  Jumladan: «Meditsinskaya parazitologiya» 1945y. Moskva. Darslik. E.N.Pavlovskiy   «Exinokokkoz  i bor’ba s nim», M,1973, V.M. Sadiqov  «Larval’nie teniidozi cheloveka i jivotnix», «Larval’nie teniidozi cheloveka i karakul’skix ovets» nomli darslik va o’quv qo’llanmalar  chop etilgan. 1946 yil parazitologiya bo`yicha Butun Ittifoq kongressida, Frantsiyaning Parij shaxrida, E.N.Pavlovskiy ma`ruza qilgan. Moskva Xalqaro gomeopatik konferentsiyasida 2007-2008 yillarda Professor V.M Sadiqov, dots. SH.M.Muxitdinov, katta o`qituvchi A.M.Vaxidovalar ma`ruza qilganlar. 

    Muxitdinov SH.M. va boshqa mualliflar tomonidan “Bentotent – mikroelementlar manbai sifatida” mavzusida  Patent (Registratsionniy nomer DGU 20201728Kod otslejivaniya DGU61917 Data postupleniya dokumenta 12.09.2020) ishlab chiqildi.

    Hozirgi kunda kafedraning ilmiy ishlarini Islomova Zebiniso Bo’stonovna yuritadi. Kafedra yosh o`qituvchilari: 2022-2023yillarda Islamova Z.B., Matkarimova G.M., Ismoilov K.T. PhD darajasini olish uchun ilmiy ishlarini tasdiqlatib, ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Jumladan Ismoilov K.T. “Ekologik va fiziologik omillarning sur qorako’l qo’zilarining hayotchanligi hamda mahsuldorligiga ta’siri” mavzusi ustida mustaqil tadqiqotchi sifatida falsafa doktorligi (PhD,03.00.08) bo’yicha ilmiy izlanish olib boryapti. Mavzu OAK blyutenida e’lon qilingan. Islamova Z.B. Biebersteinia multifidaning morfobilogik xususiyatlari” mavzusi ustida mustaqil tadqiqotchi sifatida falsafa doktorligi (PhD) bo’yicha ilmiy izlanish olib boryapti.

    So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 350 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 6 ta o'quv qo'llanma,6 ta monografiya, 12 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 120 dan ortiq maqolalar.

    2022-2023 yillarda ilmiy tadqiqot ishlar bo’yicha Scopus i Web of Science:  3 ta, Xorijda chop qilingan maqolalar: 30 ta, Respublika chop qilingan maqolalar: 25 ta, Xorijda chop qilingan tezislar: 8 ta, Respublika chop qilingan tezislar: 40 tani tashkil etadi.

Kafedrada xodimlari tomonidan chop qilingan monografiyalar.