Kafedrada 4-kurs davolash ishi, tibbiy-pedagogika va tibbiy biologiya ishi fakultetlari talabalari «Urologiya» fandan, 5 – kurs pediatriya ishi fakulteti talabalari « Urologiya. Bolalar urologiyasi» fani, 3-kurs MBBS fakulteti «Urologiya» fandan, magistratura rezidebtlari va klinik ordenatorlar dasturi asosida taxsil olishadi.
Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar kafedra kompyuterlariga o’rnatilgan multimediya yordamida namoyish etiladi.
Kafedra kutubxonasi:
• Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 70 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
• Elektron kutubxona esa darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni Urologiya bo’limining xonalarida, ultratovush, rentgenologik, MSKT, laboranoriya, endoskopik diagnostika xonalarida ko’rish tashkil etilgan