×
Menu
Close Menu

Endoskopiyа bo‘yicha simulyatsion kabinet

  Endoskopiya bo‘yicha simulyatsion kabinet  - klinik va real sharoitlarga yaqinlashtirilgan holatlarga asoslangan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, o‘rganish davomida avtomatik tarzda qaytariluvchi harakatlar bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish, mustaqil tarzda qarorlar qabul qilishni o‘rganish bo‘yicha  vrach-tinglovchi, talabalar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlarni amaliy jihatdan zamonaviy tayyorlash va ularning bilimini baholashni o‘z ichiga oladi.

  Simulyatsion markazning maqsadlari:

  Ixtisoslik talablariga mos ravishda vrach-endoskopist faoliyatida zarur amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va takomillashtirishdan iborat.

  Simulyatsion kabinetning vazifalari:

  • endoskopik tekshirishga tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish; 
  • bemorga o‘tkaziladigan tekshirish usuli bo‘yicha qanday tushuntirish ma’lumotlarini berish; 
  • tekshirish uchun lozim bo‘lgan instrumentlarni qayday tekshirish;
  • tekshirishdan avaal fartuk va perchatka kiyish lozimligi; 
  • bemorni kushetkaga yotqizishdagi holatlari;
  • ushbu tekshirishni amalga oshirish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni o‘rgatish; 
  • endoskop apparatini tekshirish jarayoniga tayyorlash;
  • endoskop apparati ishlatib bo‘lingach tozalash usullari va prinsiplarini o‘rgatish;
  • endoskop apparatini saqlash qoidalari;  
  • tekshirishda bemor tomog‘iga sepiladigan dori vositalari haqida ma’lumotlar  berish;
  • ushbu tekshiruv jarayonida bo‘lishi mumkin asoratlarni tushuntirish.

  Lozim bo‘lgan jihozlar:

  • Kushetka
  • Fartuk va perchatka
  • Zagubnik
  • Toza sochiq, salfetka yoki lotok
  • Lidokainning 10% suspenziyasi 
  • Endoskop
  • Endoskopik tekshiruvni amalga oshirish uchun maniken 

  Endoskopiya kabinetida ishlash natijasida olingan bilimlar quyidagilarga imkon yaratadi:

  • olingan nazariy bilimlarni mustahkamlaydi;
  • birlamchi manipulyatsiyalarni o‘tkazishda psixologik hayajon darajasini pasaytiradi;
  • endoskop bilan ishlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi.