×
Menu
Close Menu

​Payariq tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi” PQ-407-sonli qarori asosida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda chekka hududlardagi aholi qatlamini sog‘lomlashtirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi uzoq bo‘lgan hududlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

  Joriy yilning 1-fevral kuni Payariq tumani tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida SamDTUning malakali tibbiy xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Bemorlar tekshiruvdan o'tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek SamDTU Urologiya kafedrasi tomonidan Chap tomonlama uretra strikturasi tashxisi qo'yilgan bemorda Xolsov usulida urertro-uretro anastomoz shakillantirish operatsiyasi amalga oshirildi.

  Mazkur tibbiy ko‘riklardan ko‘zlangan maqsad imkoniyati cheklangan aholi qatlamiga qulay tibbiy xizmatni taqdim qilish, doimiy tekshiruv va davolanishlarni yo‘lga qo‘yish orqali hayot sifatini yaxshilashdan iborat.


SamDTU Matbuot xizmati