×
Menu
Close Menu

​Universitetda "Jaholatga qarshi ma’rifat", "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?" va "Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik" kabi mavzularda tadbirlar o‘tkazilmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma’rifat",  "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?" va "Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik" kabi mavzularda rasmlar tanlovi tashkil etildi. G‘olib va sovrindorlar diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi rahbari Soxibnazar Boymurodov va Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi Ismat Juliyevlar ishtirokida yuqoridagi mavzularda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida talabalarga mavzu yuzasidan kerakli tushuntirishlar berilib, ogohlik davr talabi ekanligi uqtirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU Matbuot xizmati