×
Menu
Close Menu

​Birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  Joriy yilning 23-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash fakultetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda fakultet dekani G‘.U. Lutfullayev, Universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xudayberdieva, rektor maslahatchisi E.Aripov, Yoshlar ittifoqi SamDTU boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi S.Ochilov, universitet profilaktika inspektori O.Eshmuratov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi B.Rashidov, dekan o‘rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etdi.

  Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda talabalar universitet rahbariyati, ta’lim tizimi va tartibi, ichki tartib-qoidalar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, talabalarning yashash sharoitlari, o‘quv jarayonlariga tayyorgarliklari yuzasidan fikr-mulohazalar tinglanib, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.


SamDTU Matbuot xizmati