Joriy yilning 17-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga “NK HEALTHCARE C.E.O” kompaniyasi direktori Juwon Kang va “SW Laboratory C.E.O” kompaniyasi direktori Seongdeok Yoo boshchiligadiga delegatsiya tashrif buyurdi. Koreyalik mehmonlarni SamDTU rektori Jasur Rizayev kutib oldi.
Uchrashuvda SamDTU qoshidagi immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida zamonaviy, barcha sharoitlarga ega genetik laboratoriyani tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘nggida SamDTU, “NK HEALTHCARE C.E.O”, va “SW Laboratory C.E.O” kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
SamDTU Matbuot xizmati