Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​​Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Doktor M” reproduktiv salomatlik markazi bilan hamkorlik qiladi

  Joriy yilning 17-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga “Doktor M” reproduktiv salomatlik markazi vakillari tashrif buyurdi. Tashrif doirasida SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, o’zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

  Uchrashuv yakunida Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda “Doktor M” reproduktiv salomatlik markazi o’rtasida hamkorlik memorandum imzolandi. Memorandumga ko’ra kelgusida yordamchi reproduktiv texnologiya, bepushtlikni davolashning zamonaviy usullarini yaratish va aholiga sifatli xizmatlar ko'rsatish bo'yicha belgilangan maqsadlarga erishish, yordamchi reproduktiv texnologiyalar sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borishga hamda birgalikda bir qancha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.


SamDTU Matbuot xizmati