Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli adiblar bilan uchrashuv o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida elimizning taniqli ijodkorlari Aziz Said, Dilshod Rajab va Orif To‘xtashlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Dastlab mehmonlar SamDTU va undagi yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, universitet tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar hamda ta’lim muassasasining tarixi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tashrif davomida talabalar bilan uchrashuv tashkil etilib, ochiq davra suhbatida adiblar o‘z hayot va ijod yo‘llari haqida xotiralarini o‘rtoqlashdilar. Ijod, ilm va ma’rifat borasida fikr almashildi.

  Shuningdek, loyiha doirasida mehmonlar ishtirokida universitet talabalari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini tashkil etildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida adiblarimiz bilan universitet binosi atrofiga manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi.

  "Ma’rifat ulashib" loyihasi Samarqand davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan maktablarda ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Maktab hovlisi atrofiga ham manzarali ko‘chatlar ekildi.

  Loyiha gulxan atrofidagi mushoiraga ulanib ketdi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalar turar joyida gulxan atrofida davra tashkil etilib, mehmonlar ishtirokida talabalar bilan suhbat uyushtirildi.

  Taniqli adiblar Aziz Said, Dilshod Rajab va Orif To‘xtashlar tomonidan o‘qilgan betakror ijod namunalari hamda talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar barcha yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

  Shuningdek, tadbir doirasida TTJda shaxmat, stol tennisi, armrestling va rassomchilik bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.

  Adiblar bilan tashkil etilgan mazkur keng qamrovli uchrashuvlar yosh avlodni ilmli, ma’rifatli hamda madaniyati yuksak inson bo‘lib voyaga yetishiga o‘z hissasini qo‘shadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.


SamDTU Matbuot xizmati