×
Menu
Close Menu

​Avstriyaning yetakchi W&H kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  Joriy yilning 11-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Avstriyaning zamonaviy stomatologik asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi W&H kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. Kompaniyaning Yevropa, MDH, Rossiya, Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha savdo direktori Angelo Bonzi boshchiligidagi mehmonlarni  Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi hamda uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

  Shuningdek, tashrif doirasida Avstriya delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti va undagi yaratilgan sharoitlar, ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Universitet qoshidagi simulyatsion markaz hamda universitet tarixi muzeyiga ham tashrif amalga oshirilib, SamDTU haqidagi qiziqarli va qimmatli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

  Ma’lumot uchun: Avstriyaning W&H kompaniyasi Stomatologik asbob-uskunalar, avtoklavlar, implantalogiya va piezoxirurgiya apparatlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, 1890-yilda tashkil etilgan. Hozirda kompaniya dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida o‘z filiallariga ega hisoblanadi.


SamDTU Matbuot xizmati