Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Qo‘shma ta’lim fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  Bugungi kunda Samarqand davlat tibbiyot universiteti qo‘shma ta’lim fakultetida 400 dan ortiq talabalar turli qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olib kelmoqda. Mazkur fakultet tashkil etilganiga endi bir yil to‘lgan bo‘lsa-da, o‘qish istagini bildirgan talabalar salmog‘i oshib bormoqda.

  Joriy yilning 8-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Qo‘shma ta’lim fakultetiga yangi o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani Diyor Abduraxmanov, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, universitet murabbiysi Aziza Maxmudova, universitet profilaktika inspektori Otajon Eshmuratov, Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat bo‘limi xodimi B. Rashidov, Yoshlar ittifoqi SamDTU boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Sardor Ochilov hamda talabalar ishtirok etdi.

  Tadbir davomida talabalarga universitet va fakultet rahbariyati yana bir bor tanishtirilib, ta’lim jarayoni va imtihonlarning o‘tkazilish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, universitet profilaktika inspektori hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni sodir etmaslik, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida ogohlantirishlar berildi.

  Uchrashuvda universitetda tashkil etiladigan ko‘rik-tanlov, musobaqa va olimpiadalarda fakultet talabalarining faol ishtirok etishlari hamda o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

  Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


SamDTU Matbuot xizmati