Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Stomatologiya fakultetida “Dekan va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

  Joriy yilning 7-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti talabalari bilan fakultet dekani A.Axmedov uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

  Tadbir davomida 1-bosqich talabalari universitet va dekanat rahbariyati bilan tanishtirilib, ta’lim jarayonlari hamda imtihonlarning tashkil etilish tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, fakultet dekani uchrashuv davomida universitetda tashkil etiladigan ko‘rik-tanlov, musobaqa va olimpiadalarda fakultet talabalarining faol ishtirok etishlari hamda o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

  Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU Matbuot xizmati