Ayni kunlarda “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalarining ijodiy jamoasi Respublikamiz bo‘ylab mushtariylar bilan ijodiy uchrashuvlarni o‘tkazib kelmoqda. Jumladan, joriy yilning 4-oktyabr kuni gazeta jamoasining Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Ishonch” kunlari o‘tkazildi.
Tadbirda “Ishonch” gazetasi bosh muharriri Husan Ermatov, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev, SamDTU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Eldor Tangirov hamda kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etdi.
Mushtariylar bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi muassisligida faoliyat olib borayotgan “Ishonch” gazetasi bir necha yildirki, ommaboplik borasida mamlakatimizning yetakchi gazetalari safini egallab kelayotgani, bugun tahririyat jamoasi oldida turgan vazifalar borasida so‘z yuritildi.
Tadbir so‘ngida uchrashuvda faol ishtirok etgan talabalar hamda “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalarining bir guruh faol mushtariylariga tahririyatning esdalik sovg‘alari topshirildi.
SamDTU matbuot xizmati