Kuz-qish mavsumida aholining isitish hamda elektr jihozlariga bo‘lgan talabi sezilarli darajada ortadi. Ba’zan elektr va gazdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘plab baxtsiz hodisalar ro‘y berishi ham hech kimga sir emas.
Aholi, shu jumladan, ta’lim muassasalarida ham isitish va elektr jihozlardan oqilona foydalanish, yong‘in hamda is gazidan zaharlanish xavfini kamaytirish borasida doimiy tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etilib, tushuntirishlar berib borilmoqda.
Jumladan, 3-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida yong‘in xavfsizligi va profilaktikasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda viloyat FVB bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Xaydarov Umid Murodovich ishtirok etib, yig‘ilganlarga mavzu yuzasidan kerakli tavsiya va tushuntirishlar berib o‘tdi. Videoroliklar namoyish etilib, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
SamDTU Matbuot xizmati