×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida Oliy attestatsiya komissiyasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

  Joriy yilning 2-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Axmadbek Tadjievich bilan sayyor qabul doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

  Uchrashuvda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sifatini yanada oshirish sohasidagi yangiliklar, natija hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, ilmiy izlanuvchilarning o‘z faoliyatlarini tashkil etishdagi muammo va savollari tinglanib, atroflicha javoblar berildi.


SamDTU Matbuot xizmati