Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab bayram tadbiri tashkil etildi

  O‘qituvchilik, mashaqqatli va sharafli kasbdir. Jamiyat va davlat rivojida ustoz va murabbiylarimizning o‘rni beqiyosdir. Shu boisdan ularni qancha e’zozlasak, qancha hurmat ko‘rsatsak oz.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida 1-oktyabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Bayramda so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabriklab, ularga sog‘lik, salomatlik va ilm yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi.

  Bayram doirasida universitetning bir guruh o‘qituvchilari taqdirlanib, ularga “Oliy ta’lim a’lochisi” va “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishonlari hamda tashakkurnomalar, esdalik sovg‘alari topshirildi.

  Tadbir bayramona dasturxon atrofida xushovoz xonandalarning chiqishlari va milliy raqslar namoyishi bilan ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.


SamDTU Matbuot xizmati