Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida yoshlar yetakchilarining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  Joriy yilning 24-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida yoshlar yetakchilarining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi raisi Dilfuza Azizova, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Tangirov Eldor Sayfullaevich, boshlang‘ich tashkilot koordinatorlari hamda faol talabalar ishtirok etdi.

  Tadbir davomida Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari tomonidan yangi loyihalar va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan taqdimotlar qilindi. Shuningdek, tadbir doirasida ochiq ovoz berish orqali O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat tibbiyot universiteti boshlang‘ich tashkiloti  yetakchiligiga Tibbiy profilaktika fakulteti koordinatori Sardorbek Ochilov saylandi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat tibbiyot universiteti boshlang‘ich tashkiloti  yetakchisi Sardorbek Ochilov



SamDTU Matbuot xizmati