×
Menu
Close Menu

​Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “IV Yevroosiyo ayollar forumi” bo‘lib o‘tdi

  Joriy yilning 18-20-sentyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Xotin-qizlar ishonchni mustahkamlash va global hamkorlik uchun” mavzusidagi to‘rtinchi Yevroosiyo ayollar forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda 126 davlat parlamentlari raislari, hukumat rahbarlari va 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillari, biznes, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi turli sohalarda faoliyat yurituvchi 1,5 mingdan ortiq vakillar ishtirok etdi.

  Jumladan, forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi yurtimiz vakillari, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi immunologiya, allergologiya inson genomikasi ilmiy tekshirish instituti direktori, professor Xolmurodova Dilafruz Quvvatovna ham ishtirok etdi.

  Forumda professor Xolmurodova Dilafruz Quvvatovna “Ilmli ayol – millat kelajagi” mavzusida ma’ruza qilib, o‘zbek milliyligiga ko‘ra jamiyatda onalarga, ayollarga bo‘lgan hurmatning balandligi, hozirda yurtimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, qizlarimizning ta’lim olishlari uchun berilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazida olib borilayotgan ilmiy, hamkorlik ishlari haqidagi ma’lumotlar bilan ham o‘rtoqlashdi.


SamDTU Matbuot xizmati