Tibbiyotda nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni teng egallab borish muhim ahamiyat kasb etadi. Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalarning nafaqat nazariy, balki, amaliy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallab borishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti 1-son “Xirurgik kasalliklar va transplantologiya” kafedrasida 2024/2025-yil o‘quv yilida talabalar uchun har kunlik ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etilib kelinadi.
Talabalar mazkur seminarlarda ishtirok etib o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish barobarida bevosita amaliyot jarayonlarida ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Jumladan, talabalar kafedra qoshidagi bo‘limga tashrif buyurgan bemorlar bilan ishlash hamda o‘tkazilayotgan yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, o‘z amaliy bilimlarini yanada oshirib kelmoqdalar.
SamDTU Matbuot xizmati