×
Menu
Close Menu

​SamDTU xodimlari tomonidan murakkab ko‘z jarrohligi amalga oshirildi

  Bugungi kunda Samarqand davlat tibbiyot universitetiga qarashli kafedralar tomonidan ko‘plab yuqori texnologiyali murakkab jarrohlik amaliyotlari bajarib kelinmoqda. Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Oftalmologiya kursi rahbari Temur Saidov tomonidan murakkab ko‘z jarrohligi amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

  Gavhar olib tashlash ya’ni fakoemulsifikatsiya metodi yordamida bajarilgan amaliyotda sun’iy ko‘z gavhari o‘rnatilib, ko‘z olmasisaqlanib qolindi hamda bemorning ko‘rish o‘tkirligi qayta tiklandi.

  Bunday yuqori texnologiyali murakkab amaliyotlarning keng tatbiq etilishi viloyatimiz sog‘liqni saqlash tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.


SamDTU Matbuot xizmati