×
Menu
Close Menu

​Qo‘shrabot TTBda aholi uchun xirurgik ko‘rik va operatsiyalar o‘tkazildi

  Mamlakatimiz rahbari tomonidan sog‘liqni saqlash sohasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, chekka hududlardagi aholini bepul va malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularga kerakli tavsiya va yo‘llanmalar berish, yuqori malakali, murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

  Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son xirurgik kasalliklar kafedrasi xodimlari tomonidan Qo‘shrabot tuman tibbiyot birlashmasida aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Xirurgiya bo‘limlaridagi bemorlar tekshiruvdan o‘tkazilib, ularga kerakli tavsiyalar va davo muolajalari yozib berildi.

  Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son xirurgik kasalliklar kafedrasi xodimlari tomonidan tibbiyot birlashmasida oshqozon yarasi borligi aniqlangan bemorda yuqori malakali jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarilib, mahorat darsi o‘tkazildi.

  Tuman  tibbiyot birlashmasiga qarashli “Shavvona” vrachlik punktiga ham tashrif buyurilib, mahalla fuqarolariga “Mexanik sariqlik” mavzusida ma’ruza qilindi hamda suhbatlar tashkil etildi.


SamDTU Matbuot xizmati