Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU rektori Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali faoliyati bilan tanishdi

  Joriy yilning 10-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialiga tashrif buyurdi.

  Tashrif chog‘ida filialda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, jumladan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti onkologiya va rentgen-radiologiya kafedrasining 2024-o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘quv xonalarining jihozlanishi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

  Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlanib, bartaraf qilish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.



SamDTU Matbuot xizmati