Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

 Joriy yilning 10-sentyabr kuni yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Tangirov Eldor Sayfullaevich tomonidan talabalarga “Mustaqillik darsi” tashkil etilib, unda mustaqilligimizning nechog‘lik ulug‘ va qadrli ne’mat ekanligi, mustaqilligimizning xalqimizga bergan erkinligi va keng imkoniyatlari xususida so‘z yuritildi. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda yoshlarimizga yaratilayotgan imkoniyatlar universitetda amalga oshirilayotgan ishlar misolida ko‘rsatib o‘tildi.

  Shuningdek, Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi E.A.Aripov talabalarga  universitet ichki tartib-qoidalari haqida ma’lumot berib, ularning turli yot g‘oyalar va oqimlar ta’siriga tushib qolmasliklari borasida ogohlantirishlar berib o‘tdi.


SamDTU matbuot xizmati