Joriy yilning 20-27-avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universitetida "Rus tili va rus xalq madaniyati maktabi" loyihasi tashkil etildi. Ushbu loyiha rus tili va adabiyoti tadqiqotchilari va o‘qituvchilarini o‘z mamlakatlarida rus tili va adabiyotini o‘rganish va o‘qitish istagida qo‘llab-quvvatlash va birlashtirishga qaratilgan.
Maktabda Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belorusiyadan kelgan rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari ishtirok etdi. Shu jumadan Samarqand davlat tibbiyot universiteti O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili bilan kafedrasi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
Tadbir dasturida shuningdek, ekspertlar uchrashuvlari, mintaqa madaniy joylarida tashriflar, an'anaviy o'yinlari, Rossiya xalqlarining nomoddiy madaniy merosi fondida joy olgan «Atmanovskiye kulachki - 2024" etnik festivalida ishtirok o‘rin oldi. Shuningdek, “Rus tili va madaniyati zamonaviy pedagogik texnologiyalar kontekstida” nomli kursi, “Xalqaro maydonda rus tili: ahamiyati va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi davra suhbati hamda bir qator ma’ruzalar tashkil etildi.
Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili bilan kafedrasi mudiri, Ped f.n Djamaldinova Shaxlo Obloberdiyevna “O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida rus tilini o‘qitish zarurati” mavzusida ma’ruza qildi.
SamDTU matbuot xizmati